“Arxivlar jamiyat va fuqarolar xizmatida” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.

2021 yil 26 yanvar kuni O‘zbekiston Milliy matbuot markazida "O‘zarxiv" agentligi tomonidan “Arxivlar jamiyat va fuqarolar xizmatida” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.
Matbuot anjumanida Toshkent shahar va Toshkent viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmalari, O‘zbekiston Milliy arxivining 2020 yilda amalga oshirilgan ishlari va 2021 yil uchun rejalari hisoboti taqdimot qilindi.
Mazkur tadbir UzReport TV telekanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish etildi. Batafsil axborotni taqdim etib boramiz. Bizni kuzatib boring.


Manba : "Ўзархив" агентлиги Ахборот хизмати