Hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuv imzolandi.

Joriy yil 25 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi va Fanlar akademiyasi huzuridagi O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markaz tomonidan ikki tashkilot o‘rtasida o‘zaro hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuv imzolandi.
Mazkur kelishuv O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzurida O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha Jamoatchilik kengashi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” PQ-3105-son qarori, 2020 yil
9 sentyabrdagi ““G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-4820-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 8 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 72-son qarorida qo‘yilgan vazifalardan kelib chiqqan holda tuzildi.
Agentlik va uning tizimidagi davlat arxivlarining markaz bilan ilmiy aloqalarni mustahkamlash va rivojlantirish maqsadida o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish hamda birgalikda ilmiy-tadqiqotlarni olib borish ahamiyatini inobatga olgan holda, Tomonlar o‘rnatilgan tartib asosida tenglik va o‘zaro manfaatdorlik asosida bir qator yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantiradilar.


Manba : "Ўзархив" агентлиги Ахборот хизмати