Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2023-yil 3-oktabrdagi 262-um-son buyrug‘i ilovasiga muvofiq “O‘zarxiv” agentligi tuzilmasida Xalqaro aloqalar bo‘yicha bosh mutaxassis lavozimi tashkil etilgan bo‘lib, u arxiv ishi va ish yuritish sohasidagi mamlakatimiz va xorijiy davlatlarning ilg‘or ish tajribasini o‘rganish va ommalashtirish, xorijiy arxivlarda saqlanayotgan O‘zbekiston tarixiga oid arxiv hujjatlari nusxalarini olib kelish uchun mas’ul etib belgilangan.
“O‘zarxiv” agentligi tomonidan mutasaddi tashkilotlar va idoralar bilan xalqaro nufuzdagi hamkorlik munosabatlarini o‘rnatish maqsadida, xususan, arxivshunoslik, arxeografiya, ish yuritish, elektron hujjat aylanishi sohasida ilmiy, metodik ishlarni tashkil etish va muvofiqlashtirish, xalqaro ilmiy tadqiqotlar natijalarini va ilmiy-texnika yutuqlarini respublika arxivlari amaliyotiga joriy etish; xorijiy tajribani inobatga olib zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda muntazam ravishda arxiv ishi va ish yuritish sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlarni malakasini oshirish tizimini shakllantirish; arxiv ishi va ish yuritish sohasidagi mamlakatimiz va xorijiy davlatlarning ilg‘or ish tajribasini o‘rganish va ommalashtirish, xorijiy arxivlarda saqlanayotgan O‘zbekiston tarixiga oid arxiv hujjatlari nusxalarini olib kelish kabi vazifalarni amalga oshirish uchun bir qator salmoqli xalqaro va mahalliy hamkorlik hujjatlari imzolanib, ular asosida tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan (xronologiya boʻyicha):

1. “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasi bilan Rossiya Federal arxiv xizmati oʻrtasida arxiv sohasi boʻyicha hamkorlik toʻgʻrisida Bitim” 2003-yil 21-mayda Toshkent shahrida imzolangan.

2. Arxiv sohasida tadqiqotlarni birgalikda davom ettirish muhimligini tasdiqlagan holda 2003-yil 6-iyunda imzolangan “Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi bilan Amerikaning Xolokost yodgorlik kengashi va uning Vashingtondagi Muzeyi oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisida Bitim asosida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-oktabrdagi PF-5848-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2020-yilda tashqi begʻaraz koʻmak mablagʻlarini jalb etish boʻyicha chora-tadbirlar Rejasining tegishli bandlari ijrosini taʼminlash yuzasidan 2020-yilning 29-iyul kuni “Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi va AQSh Xolokost memorial muzeyi oʻrtasida hamkorlik shartnomasi” imzolangan.

Ushbu Shartnoma asosida “Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi va Amerika Qoʻshma Shtatlari Xolokost yodgorlik muzeyi oʻrtasidagi hamkorlik toʻgʻrisidagi Shartnoma asosida tuzilgan Texnik bitim” 2021-yil 14-yanvarda Vashington va Toshkent shaharlarida imzolangan.

Mazkur hujjatlar asosida arxiv materiallarni raqamlashtirish va restavratsiya qilish boʻyicha ishlar olib borilmoqda.

3. “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi bilan Qozogʻiston Respublikasi Madaniyat va axborot vazirligi oʻrtasida arxiv ishi sohasida hamkorlik qilish toʻgʻrisida Bitim” 2007-yil 26-iyulda Toshkent shahrida imzolangan.

4. “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi bilan Misr Milliy kutubxonasi va Arxivlari oʻrtasida Anglashuv memorandumi” 2009-yil 5-mayda Qohira shahrida imzolangan.

5. “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi bilan Ukraina Davlat arxivlar qoʻmitasi oʻrtasida arxiv ishi sohasida hamkorlik toʻgʻrisida Bitim” 2009-yil 29-oktabrda Yerevan shahrida imzolangan.

6. “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi bilan Ukraina Davlat arxivlar qoʻmitasi oʻrtasida arxiv ishi sohasida hamkorlik toʻgʻrisida Bitim” 2009-yil 29-oktabrda Yerevan shahrida imzolangan.

7. “Turkiya Jumhuriyati Bosh vazir devoni Turkiya Hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari bilan oʻtkazilgan uchrashuv Bayoni” 2015-yil 24-fevralda Toshkent shahrida imzolangan.

“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi bilan Turkiya Respublikasi Bosh vaziri devoni huzuridagi Davlat arxivlari bosh direksiyasi oʻrtasida arxivlar sohasida hamkorlik toʻgʻrisida Protokol” 2018-yil 30-aprelda Toshkent shahrida imzolangan.

“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi bilan Turkiya Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat arxivlari boshqarmasi oʻrtasidagi madaniy-gumanitar hamkorlikni yanada rivojlantirish boʻyicha kelishuvlarni amalga oshirilishini taʼminlash boʻyicha Amaliy harakatlar rejasi” 2019-yil 11-martda Toshkent shahrida imzolangan.

8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-dekabrdagi PQ-4067-son Qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston milliy arxivining yangi binosini qurish uchun loyiha hujjatlarini ishlab chiqish boʻyicha ishlar ketmoqda. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 2-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi va Birlashgan Arab Amirliklari oʻrtasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash va kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-4256-son Qarori bilan tasdiqlangan Yoʻl xaritasining tegishli bandiga asosan davlat arxivlarini zamonaviy uskunalar bilan taʼminlash, 2019-yil 25-martda Abu-Dabi shahrida imzolangan “Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi va Birlashgan Arab Amirliklari Milliy arxivi oʻrtasidagi oʻzaro Anglashuv memorandumi” doirasida loyihani amalga oshirish joyini aniqlash boʻyicha masalalar hal etilmoqda.

9. “Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi bilan Vengriya Milliy arxivi oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisida Bayonnoma” 2019-yil 6-noyabrda Termiz shahrida imzolangan boʻlib, oʻzaro manfaatdorlik asosida arxiv sohasida hamkorlikni rivojlantirish maqsad etilgan. Xususan, tomonlar oʻz davlatlarining amaldagi milliy qonunchiligiga muvofiq tadqiqotlar olib boradilar va arxiv hujjatlarining namunalarini, shuningdek, arxiv hujjatlarini boyitish maqsadida arxiv hujjatlari uchun nashr etiladigan qoʻllanmalar, inventarlar va shu kabi tadqiqot vositalarini almashadilar. Bundan tashqari, elektron maʼlumot va zamonaviy texnologiyalar hamda ularning arxivlarida qayta tiklash ishlarini olib borish boʻyicha bilimlar ulashish maqsadida tomonlar arxiv sohasida mutaxassislar bilan almashadilar.

10. “Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi va Yahudiy xalqi tarixi markaziy arxivi (Quddus) oʻrtasida arxiv ishi sohasida hamkorlik toʻgʻrisida Memorandum” 2021-yil 12-avgust kuni onlayn ravishda videokonferens-aloqa formatida imzolangan.

11. “Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti, Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi va Polsha Respublikasidagi Gdansk shahrida joylashgan Ikkinchi jahon urushi muzeyi oʻrtasidagi uch tomonlama hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitim” 2021-yil 25-noyabrda Toshkent shahrida imzolangan.

12. “Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi va Yad Vashem, Xolokost qurbonlari va qahramonlarini xotirlash boshqarmasi (Quddus) oʻrtasida arxiv ishi sohasida hamkorlik toʻgʻrisida Memorandum” 2022-yil 6-aprelda Quddus shahrida imzolangan.

13. 2022-yil 21-22-iyun kunlari Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti I.Alievni Oʻzbekiston Respublikasiga rasmiy tashrifi doirasida 20-iyun kuni oʻtkazilgan “Oʻzbek-Ozarbayjon biznes-forumi”da “Ozarbayjon Respublikasi Milliy arxiv boshqarmasi va Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi oʻrtasida arxiv ishi sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitim” imzolangan.

14. “O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi va Polsha Respublikasi Milliy xotira instituti o‘rtasida arxiv ishi va ish yuritish sohasida Anglashuv memorandumi” 2022-yil 4-oktabrda Toshkent shahrida imzolangan.
15. “O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi va Belarus Respublikasi Adliya vazirligi Arxivlar va ish yuritish departamenti o‘rtasida arxiv ishi va ish yuritish sohasida Anglashuv memorandumi” 2022-yil 7-oktabrda Minsk shahrida imzolangan.
16. “O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi bilan Qirg‘iziston Respublikasi Raqamli rivojlanish vazirligi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida Memorandum” 2022-yil 3-noyabrda Bishkek shahrida imzolangan.

17. “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi va Tojikiston Respublikasi Hukumati huzuridagi Arxiv bosh boshqarmasi o‘rtasida arxiv ishi va ish yuritish sohasida Anglashuv memorandumi” 2023-yil 20-sentabrda Samarqand shahrida imzolangan.

2020-2022-yillar mobaynida Oʻzbekistondagi quyidagi mahalliy tashkilotlar bilan hamkorlik hujjatlari imzolangan:

- 2020-yil 2-martda Toshkent shahrida “Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi oʻrtasida Anglashuv memorandumi”;

- 2020-yil 4-avgustda Toshkent shahrida “Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi va “Master Media Production and Broadcast” MChJ (“Sevimli” TV) oʻrtasida oʻzaro hamkorlik Memorandumi”;

- 2020-yil 7-oktabrda Toshkent shahrida “Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi va Fanlar akademiyasi Tarix instituti oʻrtasidagi hamkorlik toʻgʻrisidagi Kelishuv”;

- 2020-yil 4-noyabrda Toshkent shahrida “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi va Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi oʻrtasida anglashuv memorandumi”;

- 2021-yil 19-yanvarda Toshkent shahrida “Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi va “Oʻzbekiston-Isroil” doʻstlik jamiyati oʻrtasida manfaatli munosabatlarni oʻrnatish va idoralararo aloqalarni kengaytirish hamkorlik memorandumi”;

- 2021-yil 25-yanvarda Toshkent shahrida “Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi va Fanlar akademiyasi huzuridagi Oʻzbekistonning eng yangi tarixi masalalari boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markaz oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisidagi kelishuv”;

- 2021-yil 18-martda Toshkent shahrida “Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi va Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi oʻrtasida anglashuv memorandumi”;

- 2021-yil 18-mayda Toshkent shahrida “Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi va Oʻzbekistonda Shanxay hamkorlik tashkilotining Xalq diplomatiyasi markazi oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisida memorandum”;

- 2021-yil 24-iyunda Toshkent shahrida “Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi va Toshkent shahridagi Inxa universiteti oʻrtasidagi hamkorlik memorandumi”;

- 2022-yil 24-fevralda Toshkent shahrida “Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi va “Axborot texnologiyalari va axborot resurslarini rivojlantirish markazi” davlat unitar korxonasi oʻrtasidagi hamkorlik memorandumi”;

- 2022-yil 11-mayda Urganch shahrida “Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi va Urganch davlat universiteti oʻrtasida Anglashuv memorandumi” imzolangan;

- 2022-yil 6-avgustda Toshkent shahrida “Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti hamda Oʻzbekiston Milliy media assosiatsiyasi oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandum” imzolangan.

Mazkur hamkorlik kelishuvi va memorandumlaridan koʻzlangan asosiy maqsadlar:

- arxiv fondlarining koʻrgazmalarini tashkil etish va oʻtkazish, arxiv hujjatlarining restavratsiyasi va muhofazasini taʼminlash, shuningdek, ularni keng targʻib qilish;

- madaniy qiymatga ega boʻlgan arxiv hujjatlarini keng targʻib qilish, oʻz faoliyati toʻgʻrisida bir-biriga axborot taqdim etish, ajdodlar merosini saqlash va ilmiy-maʼrifiy izlanishlar borasida oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish;

- tomonlar ekspertlari va mutaxassislari bilan oʻzaro manfaatli maqsadlarda almashish, birgalikda tadbirlar tashkil qilish, arxiv ishi sohasiga ilm-fan yutuqlarini muntazam ravishda tatbiq etib borish, davlat arxivlari bilan ilmiy aloqalarni mustahkamlash va rivojlantirish maqsadida oʻzaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish hamda qoʻshma arxiv tadqiqotlarini olib borishdan iborat.